Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli jami 47 umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 1 ta BABM mavjud bo‘lib, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 26023 nafar  o‘quvchilarga 2147 nafar o‘qituvchilar ta’lim tarbiya berib kelishmoqda. Shundan oliy toifali 349 nafar, I-toifali 578 nafar, II-toifa 579 nafar, mutaxassis 350 nafar, tugallanmagan oliy 200 nafar va o‘rta maxsus ma’lumotlilar 89 nafarni tashkil qiladi. Bugungi kunda pedagog kadrlarni sifat tarkibini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda jumladan;

Barcha ta’lim muassasalarida “Ustoz shogird”, “Tajribali ustozdan o‘rgan”, “Ustozlar bellashuvi”, “Mobil metodik” guruhlar singari bir qator tadbirlar amalga oshirilib, pedagog kadrlar sifat tarkibini oshirish yo‘nalishida o‘z samarasini berib kelmoqda. Buni shundan ko‘rishimiz mumkinki, bugungi kunda pedagog xodimlar sifat tarkibi bo‘yicha 43,1 % sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha viloyatda birinchi o‘rindaligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.

 Bo‘lim tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 226 nafar chet tili (196 nafar ingliz, 29 nafar nemis va 1 nafar fransuz) tili fani o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kundagi ta’lim tizimimizdagi dolzarb masalalardan biri bo‘lgan xorijiy til o‘qituvchilarini xalqaro va milliy til bilish sertifikatlari salmog‘ini oshirishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida tumandagi 4ta sektor kesimida maqsadli uch oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, bunda 120 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilariga, Xalqaro sertifikatga ega tajribali treyner o‘qituvchilani biriktirib dars mashg‘ulotlari jadal olib borilmoqda. Amaliy ishlar natijasida 2023-yil boshida (ingliz, nemis) tili bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatga ega pedagog xodimlar soni 2022-yil yakuni bo‘yicha 40 nafar (21,7%)ni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib xalqaro va milliy sertifikatlar bilan ta’minlanish barasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 77 nafarga yetib (34,1%)ni tashkil qilmoqda, joriy o‘quv yilining yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 40%dan oshirish bosh maqsad sifatida belgilab olingan.

Rus tili fani bo‘yicha bugungi kunda xalqaro S1 setrifikatga ega o‘qituvchilar 79 nafarni jami rus tili o‘qituvchilarining 55,4 %ni tashkil qilmoqda albatta bu ko‘rsatgich yaxshi darajaga ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tish lozim.

  Joriy yilda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 1369 nafar 11-sinf o‘quvchilari tugallamoqda. OTMga qiziqishlari hamda yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida 1307 nafari OTMga kirish istagini bildirgan. Bugungi kunda bitiruvchi sinf o‘quvchilarini OTMga kirish imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha tumandagi “Registon” o‘quv markazi bilan hamkorlikda 11-sinf o‘quvchilarigi reja grafigi asosida davlar test markazi sinovlariga tenglashtirilgan sinov testlari olinib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha har-bir o‘quvchilar bilan individual tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda. Bu sinovlar natijasida o‘quvchilarimiz test sinovlariga tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarini tekshirish, tahlil qilish hamda test sinovlarida qatnashish ko‘nikmalariga ega bo‘lishmoqda.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM