Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Mavzu: Xalq deputatlari  Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida  olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

Deputatlik vakolatidan unumli foydalangan holda mahalliy Kengash deputatlari tomonidan Paxtachi tumanida bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ni shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘alchilikni qisqartirish, aholiga ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Kengash tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarga mas’uliyat bilan yondashish, xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari kun tartibiga puxta hozirlik ko‘rgan holda, dolzarb masalalarni kiritish, har bir masalani doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda muhokama qilib, yechimi bo‘yicha aniq va asoslangan takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi qoshida sakkizta doimiy komissiyalar faoliyat olib bormoqda. O‘z navbatida kotibiyat zimmasiga ularning faolligini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini yanada oshirish vazifalari yuklangan. Ahamiyatlisi, tegishli doimiy komissiya a’zolari kun tartibidagi masalalar bilan oldindan tanish bo‘lganligi bois, keyingi sessiyalar bahs-munozalaralarga boy ruhda o‘tishiga hamda fuqarolarimiz turmush tarzini yanada yaxshilash bo‘yicha adolatli qarorlar qabul qilishga erishildi. Kengash sessiyalarida tumandagi sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularga ish o‘rni yaratish, zarur ehtiyojlarini o‘rganib, shunga munosib tarzda yordam berish, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari hamda tumandagi bo‘lim va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi sessiyalari kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan doimiy nazorat qilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi tomonidan 7 ta sessiya o‘tkazildi. Sessiyada 51 ta masala muhokama qilindi. Kengash kotibiyat nazorati ostida qaror ijrolari ta’minlandi. Bundan tashqari 47 ta deputatlik so‘rovlari chiqarilib, ijrosi o‘z muddatida bajarilishiga e’tibor qaratildi. Natijada deputatlik so‘rovlari e’tiborsiz qoldirilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Deputatlarning faolligini oshirish, ularning ish faoliyatini tahlil qilib borish, sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish maqsadida reyting ishlab chiqildi. Tumanda hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Kutilgan natijaga erishish uchun bugungi shiddatli davrda, siyosiy qat’iyatli, vakolatidan unumli foydalana oladigan deputatlardan, xususan fuqarolardan ham siyosiy faollik talab qiladi.

 

Xalq deputatlari Paxtachi tuman

Kengashi kotibiyati mudiri                                    R.Magripova

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM