Brifing!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

Bugungi Brifingda Tadbirkorlikni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berib o‘tmoqchiman.

Tumanda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, bevosita ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kelib chiqqan holda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan: joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 328 ta tadbirkorlik biznes sub’ektlari davlat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan joriy yil boshidan bugungi kungacha 62 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlari, 266 ta Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilgan.

- Aholini bandligi ta’minlash, turmush darajasi yaxshilash hamda kichik oilaviy tadbirkorliklarni rivojlantirish maqsadida:    

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20 son va PQ-373-sonli qarorlariga asosan aholiga 2023 yilda Dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun jami 375,0 gektar gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bugunga qadar 375,0 gektar yer maydonlari 1250 nafar aholiga Dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun auksion savdolariga chiqarilgan.

Aholi tadbirkorligi va o‘zini-o‘zi band qilish uchun 2500,0 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan.

Yanvar-aprel oylaridan 3677 nafar ishsiz fuqarolar PQ-4742 sonli qaror asosida o‘zini-o‘zi band qilgan.  

Tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sifatli xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida 280 ta yengil konstruksiya va ko‘chma savdo joylari “E-Auksion” ga chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 149 ta yerlar savdoga chiqarilgan.

PQ-55-sonli qaror bo‘yicha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tumanga 69 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 10,7 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratildi.

E’tiboringiz uchun rahmat

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM