Inson qadri uchun!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi S.Rafikov joriy yilning 10 mart kuni Paxtachi tumanida bo‘ldi.  Aholi muammolari o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator kam ta’minlangan xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan “Ko‘rpa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Yu.Namozova, “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro O.Qayumova, “Quvondiq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.Elmurodova, “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Z.Quziboeva “Dabusqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro D.Nazarovalarga tikuv mashinalari, “Burqut” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M.Sobirovaga 2 mln. so‘m, “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro O.Mirzaevaga 2 mln. so‘m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Konstitutsiya loyihalarining mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirish maqsadida ham O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kenagashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati S.Rafikov, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Yo.Juraev,
viloyat Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i A.Boysariev va Xalq deputatlari Paxtachi tumani kengashi deputati I.Sanaevlar targ‘ibot tadbirlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kenagashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati S.Rafikov tomonidan joriy yilning 13-aprel kuni “Shamsnazar” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tenglanib tushuntirish ishlari olib borildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.

Xususan, M.Farmonova, R.Parmonova, T.Safarova, S.Hakimovalarning sayohatga yuborishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha joriy yilning may oyida Xorazm viloyatiga uch kunlik sayohatga yuborish belgilandi.

Yu.Eshto‘xtarovga elektr energiyasi muammosini hal qilib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

S.Ochilovaga sanatoriy yo‘llanmasi ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati asosida Jizzax viloyatida joylashgan “Zomin” sanatoriysiga yo‘llanma ajratilishi belgilandi.

A.Muhammadievga sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati E.Nurboev bilan telefon orqali muloqot qilinib, A.Muhammadievga sog‘lig‘ini tiklash uchun amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

M.Nosirovaga go‘zallik saloni ochish uchun moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan subsidiya asosida asboblar olishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jo‘raqulova tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

D.Muxiddinovaga tikuv mashinasi ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ham tumanda shakllantirilgan “Ayollar daftari”ning to‘rtinchi bosqichiga kiritilganligi hamda tikuv mashinasi ajratilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

M.Rajjabova kasb-hunarga o‘qiyotganligini bildirib mikroto‘lqinli pech ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murnojaati yuzasidan subsidiya asosida mikroto‘lqinli pech olishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jo‘raqulova tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

  Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan Paxtachi tumani “Qaynarbuloq” mahallasida yashovchi fuqaro Zarifa Nazarova, “Sardoba” mahallasila yashovchi fuqaro  Hafiza Turdiniyozova, “Farovon Yo‘ldoshobod” mahallasida yashovchi fuqaro Adolat Norboeva, “Nurafshon” mahallasidan fuqaro Sharofat Omonova, “Nurafshon” mahallasidan fuqaro Rayhon Yuldasheva, “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Mavlonova Gulshodalarning murojaatlari joyida o‘rganilib, masalalar ijobiy hal qilinib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida 45 nafar ishchi xodimlar Toshkent shahriga ikki kunlik bepul sayohatga olib borib kelindi.

Shuningdek, 2023-yil 27-mart kuni 5 nafar fuqarolar Toshkent viloyatiga ikki kunlik bepul sayohat yuborildi. 28 mart kuni mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan 22 nafar xotin-qizlar, 4 aprel kuni 12 nafar xotin-qizlar Xorazm viloyatiga uch kunlik bepul sayohatga olib borib kelindi.

 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari

Federatsiyasining Samarqand

viloyati kenagashi raisi,

Xalq deputatlari viloyat

kengashi deputati                                                             S.Rafikov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM