Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Paxtachi tumanida tashkil etilgan mavsumiy ish o‘rinlari va ularda bandligi ta’minlangan fuqarolar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 15-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Hududlarda yoqilg‘i energiyasi va ta’minotini yaxshilash tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan.

 Paxtachi tumanda 2023 yilda 21 954 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Jumladan:

  1. Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga  7 226 ta reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 4 034 ta, mavsumiy ish o‘rinlariga 889 ta va legallashtirish hisobiga 2 203 ta yangi ish o‘rinlari,
  2. Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohalarida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga 14 225 ta, reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 3 116 ta va 11 109 tasi mavsumiy ish o‘rinlari.
  3. Investitsiya dasturlari doirasida 503 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, davlat investesiya dasturi doirasida 20 ta, hududidiy investesiya dasturlari doirasida 483 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan, Joriy 2023-yil yanvar-fevral oylarida Paxtachi tumanda aholini bandligi ta’minlash bo‘yicha jami 1 511 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirigan bo‘lib, 4 079 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.

Jumladan:

  1. Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga  843 ta reja belgilangan bo‘lib, yanvar-fevral oylarida 2 294 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shundan, doimiy ish o‘rinlariga 1 598 ta, mavsumiy ish o‘rinlariga 136 ta va legallashtirish hisobiga 560 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.
  2. Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohalarida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga 663 ta, reja belgilangan bo‘lib, 1 765 taga bajarilgan.

Shundan, doimiy ish o‘rinlariga 1 057 ta va 708 tasi mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi evaziga ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.

  1. Investitsiya dasturlari doirasida 5 ta hududiy investesiya dasturlari doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan va yanvar-fevral oylarida 20 ta ish o‘rinlari yaratildi. 2023 yil yanvar-fevral oylarida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 135 nafar fuqarolar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga markaz yo‘llanmasi asosida ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 235 nafar fuqarolar yo‘llanmalar asosida ishga joylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
    5 apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 183-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4804-son qaroriga asosan Tumanda 2023 yilning yanvar-fevral oylari davomida  82 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 104 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi, Shundan 40 nafari yoshlar va 95 nafarini xotin-qizlar, 4 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadi. 2023 yilning yanvar-fevral oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5140-son qaroriga asosan Paxtachi tumanida 7 ta kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida 5 ta yo‘nalishlar bo‘yicha, ya’ni Tikuvchilik yo‘nalishida 43 nafar, Oshpaz-qandolatchi yo‘nalishida 39 nafar, Sartaroshlik yo‘nalishida 8 nafar, Kompyuter va Web sayt yaratish yo‘nalishida 22 nafar jami  90 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi.

Bundan tashqari, 14 nafar fuqarolar Samarqand va Navoiy shaharlaridagi “Ishga marhamat monomarkaz”larida turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunarlarga o‘qitildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 203-son  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Paxtachi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilgan fuqarolarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya ajratilishi belgilangan bo‘lib, amalda  11 nafar nogronligi bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilganligi uchun 4 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga subsidiya mablag‘lari ajratib berildi. Bundan tashqari, 2023 yil yanvar-fevral oylarida 2 ta “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”lari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 3 ta “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”lari tashkil etilgan va unda 92 ta korxona va tashkilotlar 590 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan. Ushbu mehnat yarmarkalarida 156 nafar ishsiz band bo‘lmagan fuqarolar  jalb etilib, shundan 39 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun 11 nafariga kasb-hunar o‘qish uchun yo‘llanmalar berilib, bandligi ta’minlandi.  

            2023 yil yanvar-fevral oylarida Paxtachi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga fuqarolar va yuqori tashkilotlardan 101 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 48 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan, 28 tasiga huquqiy maslahatlar berilgan va 25 ta tushuntirishlar berilgan.

    

Paxtachi tumani Aholi bandligiga

 ko‘maklashish markazi direktori                                      B.Azizov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM