Matbuot anjumani: Yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida

Mavzu: Yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida

Atmosfera havosini har-xil has hazonlarni yoqish bilan ifloslanishi oldini olish, somonpoyalarni yoqish oldini olish hamda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesilishini, noqonuniy ov qilishini oldini olish to‘g‘risida, maktablarda, mahallalarda, odamlar ko‘p to‘planadiga joylarda inspektorlarimiz tomonidan doimiy ravishda targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilayapti.

     Xozirgi kunda butunjahon miqiyosida ekologik muammolar judda ko‘payib borayapti. Bizning jonajon Respublikasizda ham bir qator ekologik muammollar mavjud. Bizning Respublikamiz avvaldan dunyoda kam daraxtli mamalakatlar qatoriga  kirardi. Mana shuni e’tiborga olgan holda muhtaram Prezidentimizning 2021 yildagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan va qo‘yidagilarni nazarda tutadi:

- daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;

- ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish, to‘proq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos xorijiy manzarali daraxtlarni mahalliylashtirish;

- hududlarda "yashil bog‘lar" va "yashil jamoat parklari"ni barpo etish;

- daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;

- har bir daraxtni parvarish qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash, bu borada rag‘batlantirish mexanizmlarini keng joriy etish;

- daraxtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish kabi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

 

2021 yil 9 sentyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etish va hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha aniq belgilab berilgan.

  Paxtachi tumanida joriy yilning 2023 yil bahor mavsumida 685 ming 650 tup har xil turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 665 ming 65 tupdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib 97.01 % foizga bajarilmoqda hamda qolgan 3%   foizi ham ekilishi nazoratga olinmoqda. Ushbu ekilgan ko‘chatlar tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat bo‘limining “Bioxilmaxillik va tabiiy hududlar muhofazasi” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan maxsus planshet orqali har bir ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni hatlovdan o‘tkazish bo‘yicha moddiy texnik baza yaratilib, ekilgan ko‘chatlar lakasiyasi olinib maxsus bazaga kiritildi hamda hozirgi kunda ekilgan daraxtlar nazorat qilib borilmoqda.

Tumanimiz hududida 59 mahalla mavjud bo‘lib inspektorlarimiz tomonidan doimiy ravishda ushbu maxallarda reyd kuzatuv ishlar  olib borilayapti va 10 dan ziyod noqonuniy ravishda tashkil etilgan chiqindixonalar aniqlanib, bu chiqindixonalar mahalla faollari va jamoatchilikni jalb qilgan holda bartaraf etildi. Hozirgi kunda bo‘limimizning 4 inspektori  tumanimizda mavjud 4 sektorlarga biritktirilgan bo‘lib  shu sektordagi barcha ekologik muomollarni bartaraf etishda sektor rahbarlariga yaqindan yordam berib kelayapti.

 Hurmatli yurtdoshlar! Tumanimizda boradagi ishlar davom etmoqda. Fursatdan foydalanib, Sizlarni ham yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishga chaqiraman.

 

Maxsiddinov Xolbek Xudoyqulovich

Paxtachi tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM