Matbuot anjumani: Tumanda fuqarolar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzusi: Tumanda fuqarolar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Tumanimiz aholisini sport bilan shugʻullanishi uchun bugungi kunda tumanimizda 6 ta stadion, 56 ta sport zal, 46 ta futbol maydoni, 12 ta sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni, 54 ta basketbol maydoni, 54 ta voleybol maydoni, 49 ta gandbol maydoni 2 ta fitnes zallari va 1 ta Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi faoliyat yuritib kelmoqda.

Aholiga qulay shart–sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yilda tumanimizda 12.3 km salomatlik yoʻlaklari, 10 km velosiped yoʻlakchalari, 2 ta mini futbol maydonchasi, 30 ta “Vorkout” maydonchalari foydalanishga topshirildi.

2020-yil 30-oktyabrdagiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6099-sonli Farmoni tasdiqlandi. Ushbu farmonni ijrosini taʼminlash maqsadida bilantuman aholisi oʻrtasida ommaviy sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqilgan. Har shanba kunlari aholi, ayniqsa yoshlar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini koʻrsatib kelayotgan xodimlar oʻrtasida 5000 qadam sogʻlomlashtirish yurishlar odatday boʻlib qoldi.

Hozirgi kunda Paxtachi BOʻSMda 77 nafarmurabbiylar faoliyat koʻrsatmoqda, 2474 nafar yoshlar sportning 17 ta sport turi buyicha muntazam shugullanib kelmoqda, shundan 1104 nafari qiz bolalar:

- 15 nafar (19,48%) Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar sonini 29 nafarga (37.66%)ga oshdi;

- 48 nafar (6,2.33%) oʻrta maxsus–maʼlumotli oʻqituvchilarni Oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi yoʻnalishida oʻqitish;

- 2025-yilga kadar BOʻSMdagi 100% murabiylar oliy maʼlumotli boʻlishga erishish;

- hozirda faoliyat olib borayotgan 2 nafar oliy toifali oʻqituvchilar sonini kamida 5 nafarga yetkazish;

- 1 nafar birinchi toifali oʻqituvchilar sonini kamida 12 nafarga yetkazish;

- 5 nafar ikkinchi toifali murabiylarni 20 nafargayetkazish rejalashtirilgan.

Tuman MTB, XTB, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi,kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum, tibbiyot birlashmasi, IIB bilan xamkorlikda ommaviy sport tadbirlar rejasi tuzilib tasdiqlandi. Ushbu rejasiga asosan tumanda sportning erkin kurash, milliy kurash, belbogʻli kurash, qoʻl toʻpi, futbol, yengil atletika, shaxmat, voleybol, badiiy gimnastika, shashka, dzyudo, tayekvon-do VT, velosport, qoʻl jangi, badminton, basketbol, stol tennis, yunon-rum kurashi, davolash gimnastikasi, gimnastrada, marafon yugurish, velomarafon turlaridan sport musobaqalar oʻtkazilib kelinmoqda.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM