Qishloq xotin – qizlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2022-2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasida koʻrsatilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda yangi loyihani amalga oshirishga kirishdi.

Ushbu loyiha Germaniyaning Xalqaro hamkorlik boʻyicha Jamgʻarma kassalari fondi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyihaning asosiy maqsadi – qishloq xoʻjaligida band boʻlgan xotin – qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy resurslarni boshqarish, axborot va moliyaviy resurslardan foydalanish sir-asrorlari haqida maʼlumot berishdan iboratdir.  

Loyiha doirasida qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan yoki ushbu yoʻnalishga qiziqishi boʻlgan xotin – qizlar uchun Toshkent, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda seminar- treninglar oʻtkaziladi.

Navbatdagi seminar Samarqand viloyatida muvaffaqiyatli boʻlib oʻtdi.

Loyiha doirasida maxsus sertifikatga ega boʻlgan ikkita trenerlar 3 kun mobaynida qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan, yoki shaxsiy tomorqasida oʻz biznesini boshlashni xoxlagan 20 nafar xotin-qizlar uchun moliyaviy  savodxonlikni oshirish maqsadida  “Mikro Biznes saboqlari”dan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishadi.

Seminar ishtirokchilari marketing boʻyicha bilimlar bilan bir qatorda bozor dinamikasi va raqobatni anglash, buxgalteriya hisobi va nazorat qilishning asosiy tamoyillarini tushunish, mikro moliya tashkilotlari bilan mijozlar oʻrtasidagi hamkorlik, kreditdan samarali foydalanish kabi kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishadi.

Xotin-qizlarni bilimlarini mustahkamlash uchun maxsus tayerlangan simulyatsiya- oʻyinlar davomida tadbirkorona fikrlashga oʻrgatuvchi treninglar ham boʻlib oʻtadi.

Seminarda faol qatnashib, kerakli bilimlarga ega boʻlgan ayollarimiz imtiyozli kreditlar olish, oilaviy tadbirkorliklarini boshlash, mavjud bizneslarini rivojlantirish imkoniga ega boʻladilar.

Treninglarni yetuk mutaxassislar Mavjuda Amanova va Dilfuza Abdugaffarova olib borishdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM