Matbuot anjumani: "Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar"

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Maʼlumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bogʻliq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan gʻoyalarni hayotga joriy etish, tumanimiz iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish, tarmoqlarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Muxtaram Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi”.

Bugungi kunda tumanimizda investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan, bular eng avvalo, tadbirkorlikni huquqini belgilab beradigan, xususiy mulkchilik va raqobatchilikni himoya qiladigan qonunlar bazasi yaratilganligi, investitsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilmaning mavjudligi, siyosiy barqarorlik, qulay jugʻrofiy joylashuv, boy mineral xom-ashyo resurslari, shuningdek, agrosanoat sektorini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligi, eng muhimi, malakali mehnat resurslariga ega ekanligi yaqqol koʻzga tashlanadi.

Yaratilgan sharoit va afzalliklar mahalliy hamda xorijiy investorlarni tumanimizga boʻlgan qiziqishi yildan yilga oshib borishiga, ular tomonidan iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning hajmini koʻpayishiga omil boʻlmoqda.

Birgina 2021-yilning yakuniy sarhisoblariga koʻra jami 78 ta umumiy qiymati 223.5 mlrd. soʻmlik investitsiya loyihalari ishga tushirilishi natijada 567 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 44 ta umumiy qiymati 76 mlrd. soʻmga koʻp investitsiya loyihalari ishga tushurildi.

Shuningdek, tumanda 2021-yil davomida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish 14,2 mln. AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi, bu esa oʻz navbatida 2020-yilga nisbatan 3,2 mln. AQSH dollariga kup bajarildi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida yaratilgan korxonalar hisobiga eksport koʻrsatgichlari soʻngi ikki yil davomida sezilarli darajada oʻsdi. Xususan 2021-yil davomida 16 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirib viloyatda birinchi boʻlib yillik rejani oshigʻi bilan bajarildi. Xuddi shunday 2022-yilda ham tumanda 25 mln AQSH dollari miqdorida ekspor amalga oshirilishini kutilmoqda bu esa tashqi savdo aloqalarini kengayishiga olib keladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM