Хalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi bo’lib o’tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Shu yilning 22 yanvar kuni xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishini Kengash raisi, tuman hokimi V.Raximov boshqardi.

1-Qo’shhovuz saylov okrugidan deputat M. Karimova sessiya kotibligiga saylandi.

Sessiyada “Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining tumandagi fermer xo’jaliklari yer maydonini maqbullashtirish to’g’risidagi bayonnomasi va tuman fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining xulosasini ko’rib chiqish to’g’risida”gi masala muhokama etildi. Bu haqda tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Х.Jo’rayev axborot berdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan muhokamalar bo’lib, tuman Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Q.Norbo’tayev, deputatlar Z.Quvonova, Sh.Mirzayev, M.Shukurovlar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sessiyada ko’rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Shuning bilan xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish yettinchi sessiyasi o’z ishini tugalladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM