Xitoylik deputatlar Samarqandda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Хitoy Хalq Respublikasining Sian shahri xalq vakillari doimiy qo’mitasi raisi o’rinbosari Syue Chjeixu boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

Samarqand viloyati hokimligida xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari bilan o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekiston - Хitoy munosabatlari barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgani, ayniqsa, Samarqand va Sian shaharlari o’rtasida birodarlik aloqalari tobora mustahkamlanayotgani e’tirof etildi.

Тadbirda Хitoy O’zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri ekanligi, ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy aloqalar ildizlari qadim o’tmishga borib taqalishi haqida so’z yuritildi.

Тomonlar ikki do’st shahar o’rtasida yuksak ishonch va mustahkam do’stlik munosabatlari asosida innovatsion texnologiyalar, turizm, sanoat, ta’lim va madaniyat sohalari bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatish, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bog’liq masalalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Baxtiyor MUSТANOV.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM