Тumanda 12 nafar nogironligi bo’lgan shaxslarga uy-joylar kaliti topshirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda “Inson manfaatlari har narsadan ulug’” degan ulug’vor tashabbus keng e’tirof etilib, imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan va kam ta’minlangan shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Paxtachi tumanida imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan va kam ta’minlangan shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida bunyod etilgan xonadonlarni fuqarolarga topshirish tadbiri o’tkazildi.

Jahonobod massivida qurib-bitqazilgan, barcha qulayliklarga ega12 ta uy-joylar kaliti boshlang’ich to’lovi davlat tomonidan to’langan holda, uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida fuqarolarga topshirildi.

Yangi xonadonlarni o’z egalariga topshirish marosimida viloyat va tuman hokimligi hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM