Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha hududiy komissiya jamoat joylarida reyd o’tkazdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 12 sentabr kuni Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha tuman komissiyasi mas’ul kotibi D.Nomozov, tuman hokimligi Тashkiliy-nazorat guruhi rahbari D.Napasov, tuman hokimligi bosh mutaxassislari F.Irgashev va L.Kalkanova, tuman Хalq ta’limi bo’limi xodimlari, tuman Yoshlar ittifoqi rahbari hamda tuman IIB profilaktika inspektorlari ishtirokida jamoat joylarida sohaga oid maxsus reyd o’tkazildi.

O’tkazilgan mazkur reyddan asosiy maqsad, tuman hududida voyaga yetmagan fuqarolarning maktab va kollejlarga darslarga qatnashmasdan turli joylarda vaqtlarini o’zkazishlari, majburiy va noqonuniy mehnat bilan shug’ullanishlarini oldini olish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga undash etib belgilandi.

O’tkazilgan reyd bo’yicha o’rganilgan ma’lumotlar tuman hokimligining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishida ko’rib chiqilishi belgilab olindi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM