Giyohvandlikka qarshi har bir inson kurashmog'i lozim
Wed, 02/08/2023 - 09:02Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Asr vabosi deb baholanayotgan “oq ajal” qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘layotgani, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani haqida o‘ylasak, yanada sergak tortamiz. Og‘uning quliga aylanib qolayotgan fuqarolarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamizning burchimizdir.