Bugun 12-sentabr kuni Paxtachi tuman hokimi M.Hamdamov tumanning 5 va 9 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, Ziyovuddin shaharchasi Amur Тemur ko’chasidagi kanalizatsiya quvurlarini yotqizish ishlarini ko’zdan kechirdi.
So’ngra “Bo’ston” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla binosini ta’mirlash bo’yicha ko’rsatmalar berib, zarur qurilish materiallari ajratilishida amaliy yordam berishini ma’lum qildi.