Paxtachi tumani 23-umumta’lim maktabi yetakchisi Rashid Sharipov bugun 9-sentabr kuni o’zining eng baxtli damlarini, ya’ni nikoh to’yini o’tkazmoqda.
Rashidjon o’z nikoh to’yiga bolajonlar – “Boltali” mahallasida yashovchi Ibodov Abdumalik va “Istiqlol” mahallasida yashovchi Murodov Bekmurodjonlarning sunnat to’ylarini qo’shib nishonladi.
Ushbu to’ybolalarga to’y marosimida tumanning 2- va 4-sektor rahbarlari, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi yaqindan yordam berishdi.
Sektor rahbarlari to’y bolalarga to’ydan esdalik sifatida velosiped sovg’a qilishdi.