Samarqand viloyati Sog’liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan barcha tibbiyot va tibbiy ta’lim muassasalarida doimiy ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari, haftaning shanba kuni xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirokini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni” ni o’tkazish rejalashtirildi.
Haftaning har bir kuni ma’lum bir shior ostida sog’lom turmush targ’iboti tadbirlari o’tkazilishi belgilandi.
Bugun 7-sentabr shanba kuni esa jismoniy faollik bo’yicha “Zararli odatlar umr kushandasi” shiori ostida ommaviy tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu ommaviy tadbirda tibbiyot xodimlari bilan hamkor tashkilotlarning ko’ngilli xodimlari ishtirok etishdi.