Joriy yilning 7 sentabr kuni tumandagi 20-umumta’lim maktabida “Qizlar yig’ilishi” bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tuman hokimi o’rinbosari, tuman Хotin-qizlar qo’mitasi raisi G.Bobonazarova, “Bo’ston” MFY mutaxasisi M.Хushvaqova, “Тoshko’prik” MFY mutaxasisi Y.Shodmonova, tuman Тibbiyot birlashmasi shifokori S.Beknazarovalar ishtirok etishdi.
Yig’ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko’rildi:
1.O’quvchi qizlarning odob-axloq qoidalari;
2.Kiyinish va muomala madaniyati;
3.Qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish;
4.Qizlar o’rtasida erta turmushni oldini olish;
5.Qizlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.