Bugun 6-sentabr kuni Paxtachi tuman hokimi M.Hamdamov tuman Хalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi qabulni o’tkazdi.
Ko’plab tumandoshlarimiz o’zlarini qiynab kelayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlar bilan o’rganib chiqilib, o’z vaqtida qonuniy yechim topmoqda.
Eslatma: tuman hokimi haftaning har juma kuni tuman Хalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o’tkazadi. Fuqarolar mazkur qabulda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti) bilan murojaat etishlari mumkin.