Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2022-yilning 7-aprel kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 24-Do‘ng saylov okrugidan saylangan deputat G.Eshpulatova bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 13 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, tuman hokimining 2022-yil 11-martdagi “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi 83-7-102-Q/22-son qarorini tasdiqlash togrisidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, tuman hokimining 2022-yil 26-martdagi “Jurakulova Ibodat Isomidinovnani Paxtachi tumani hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risida”gi 97-7-102-Q/22-son qarorini tasdiqlash togrisidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala, Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi yuzasidan reyting tizimini joriy etish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari A.Quldashovning hisoboti eshitildi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Kun tartibidagi tortinchi masala, tumandagi tijorat banklari (ATB “Agrobank”, ATB “Mikrokreditbank”, AT “Xalq banki”) tuman filiallari rahbarlarining tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 28-martdagi 64-sonli xatini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-martdagi 43-k-sonli xatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi yettinchi masala, Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasining “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan” mablag‘larni ishlatilishi to‘g‘risida tuman moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning ma’ruzasi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala, “Saxovat va ko‘mak” hamda “Yoshlar” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi to‘qqizinchi masala, tuman hokimining 2022-yil 11-martdagi “Tuman hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 81-7-102-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi o‘ninchi masala, “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Paxtachi tumani filiali rahbari Z.Yavkachevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-son hamda 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qarorlarini ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi o‘n birinchi masala, deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi o‘n ikkinchi masala, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish tuman qabulxonasi mudirining tumandagi sektor va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va ma’qullandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM