Pomidorning virusli kasalligi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Mavzu: Pomidorning virusli kasalligi (tomato brown rugose fruit virus ToBRFV)

Pomidorning jigarrang bujmayish virusli kasalligi dastlab 2014 yilda Isroilda, 2015- yili Iordaniyada, O‘zbekistonda esa 2021 yilda aniqlangan.

O`ta xavfli kasallik.  Bu virus asosan pomidor va qalampirga zarar yetkazadi. Juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo‘lib hosilni qisman yoki butunlay yo‘qotilishiga olib keladi, u o‘simlikning barglarida mazaykalar xosil qiladi. Barglar o‘z holatini o‘zgartiradi mevalarida jigarrang ajinli dog‘lar, bujmayishlar paydo bo‘ladi, mevalari rangsizlanadi, barglari deformatsiyaga uchraydi. Kimyoviy qarshi kurash haqida ma’lumotlar yo`q.

Bu virusli kasallik pomidorning naviga qarab yengil va og‘ir o‘tishi mumkin. Ushbu kasallikka chidamli pomidor navi shu kunga qadar aniqlanmagan.

 Kasallik urug‘lar, virus bilan ifloslangan asbob uskunalar, mexanik vositalar hamda changlanish vaqtida yuqadi. Virus mexanik vositalar yordamida osonlikcha yuqadi va turli sirtlarda turlicha saqlanadi. Masalan, terida va qo‘lqopda ikki soat, qattiq plastmassada uch soat, shisha, alyumin va zanglamaydigan po‘latda kamida bir oy saqlanadi.

Kasallik belgilari aniqlanganda o‘simlik qoldiqlarini yo‘q qilish, issiqxona sirtlari va pomidor yetishtirish uchun ishlatilgan ish qurollarini zararsizlantirish, kasallik tashuvchi mayda hashoratlarga qarshi kurashish tadbirlari amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, kasallik aniqlangan issiqxona yoki ochiq maydonda almashlab ekishni yo‘lga qo’yish ham bu kasallikning tarqalib ketishini oldini oladi.

 

Paxtachi tuman o`simliklar karantini va himoyasi bo`limi xodimlari

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM