Badanga qasddan yengil shikast yetkazish

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Badanga qasddan yengil shikast yetkazish deganda:

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonunchilikka tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish va yengil tan jarohatiga olib kelgan YTHlar bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv instituti amaliyoti joriy qilingan.

Yarashuv faqatgina jabrlangan tomonning tashabbusi bilan va zarar qoplanganidan keyingina amalga oshishi mumkin.

Mazkur huquqbuzarlikni sodir qilgan huquqbuzar va jabrlanuvchi yarashgan bo‘lsa sud tomonidan tomonlarning yarashuv arizalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 212-moddasi asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tugatadi.

Agar tomnlar o‘rtasi badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012 yil 1 iyundagi 153-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tan jarohatlarining og‘irlik darajasi sud-tibbiy ekspertizasi orqali aniqlanadi.

 

Jinoyat ishlari bo’yicha Paxtachi

tuman sudining raisi J.Botirov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM