Qonun ustuvorligi tamoyilining O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyati

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uyg'un holatda amalga oshuvining asosiy mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan amaldorlarga barobarli-gi, ularning qonunlarga so'zsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu tamoyilni shakllantirish O'zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda.Qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning oyoq osti qilinishi, ulardan g'arazli maqsadlarda foydalanish qonunlarni obro'sizlanti-radi, davlat va jamiyatning ma'naviy asoslariga putur yetkazadi, xalqning noroziligiga, haqqoniy e'tirozlariga sabab bo'ladi. Ayniqsa, fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya etilishi yoki rioya etilmasligi fuqaro – davlat munosabatlarining butun bir tizimdagi ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi.

Shu o'rinda mahalliy hokimiyat vakillari to'g'risida alohida to'xtalib o'tish zarur deb o'ylaymiz. Zero, islohotlarni amalga oshirishda, joylarda adolat qoidalarini o'rnatishda ularning o'rni katta bo'lishi zarur. Buning o'rniga mahalliy hokimiyat vakillari, hatto hokimlar tomonidan inson huquqlarini buzish holatlari, afsuski sodir etilmoqda.

Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizin-chi sessiyasida “Adolat - qonun ustuvorligida degan hayotiy tamoyil-ga qat'iy amal qilib yashash g'oyasi ham fuqarolik jamiyatini shakl-lantirishning asosiy yo'nalishlaridan birini tashkil etadi” – deb ko'rsatgan edi. Lekin qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini ta'minlashga mas'ul bo'lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga “etalon” bo'lishlari lozim bo'ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan har bir kichik xatti-harakatlar nafaqat umumiy taraqqiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga ishonchi-ning barbod bo'lishiga olib keladi. Shu ma'noda ham qonun ustuvor-ligini ta'minlashda fuqaroga qaraganda uning ijrosi uchun mas'ul bo'lganlardan ko'proq yetakchilik qilishlari talab etiladi. Qonunlar-ning har qanday shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo'lishini real ta'minlash orqaligina demo-kratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish mumkin bo'ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos keladi.

Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi quyidagi uch holatda o'zining to'liq ifodasini  topadi.

Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar adolat printsipiga, inson huquqi va manfaat-laridan kelib chiqib, ijtimoiy jihatdan asoslangan bo'lishi kerak.

Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ huquqiy huj-jatlar talabi barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat'iy bajarilishi shart.

Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo'lishi shart.

Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo'lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.

Paxtachi tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti: Qazoqov Bekjon.

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM