Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni 

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tuman FVB xodimlari tomonidan yong'inlarni hamda  yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda "Tinchlik" MFYda keng ko'lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan  aholi ko'p yig'iladigan maskanlar, maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qurilish obyektlari va yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko'ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi hamda hushyorlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM