2024-yilda urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlovda ishtirok eting!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

E ‘ L O N
PAXTA YETISHTIRUVCHI XO‘JALIKLAR DIQQATIGA !

Tumanda 2024-yilda urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun hududlarda qishloq xo‘jaligi subektlari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza,
2. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat,
3. Tuman Qishloq xo‘jaligi Yer resurslari bo‘limi ma’lumotnomasi,
4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma,
5. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi ma’lumotnomasi,
6. Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma,
7. Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi),
8. Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar),
9. Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi),
10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma,
11. Agrosanoat majmua ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi,
12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan ma’lumotnoma,
13. So‘ngi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan ma’lumotnoma, 
Tumanda qishloq xo‘jaligi subektlari o‘rtasida tanlov asosida tanlanishini, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2024-yilning 15-yanvardan 5-fevralgacha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.
Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 5-fevral kuni 18:00 da to‘xtatiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998882857974 va +998991084153 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM