Bugun 8 yanvar kuni Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 7-12o iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
9-10 yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat ko‘tariladi. 9 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-15° iliq bo‘ladi, 10 yanvarda harorat kechasi 5-8° iliqqacha, kunduzi 15-18° iliqqacha, janubiy hududlarda 20° iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha tuman tushadi.
11 yanvarda mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.