Vazifa yuklash tartibidan xabardormisiz?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mehnat munosabatlarida o‘ziga xos murakkabliklar ko‘p uchraydi. Ish beruvchining mehnat qonunchiligini mensimasligi hamda xodimning o‘z huquqlarini bilmasligi yoki talab qilmasligi mazkur munosabatlarni yanada murakkablashtiradi. Davlat organlari, tashkilot yoki korxonalarda xodimlarga vazifa yuklash ham xuddi shunday munosabatlar sirasiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 297-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi belgilangan. Mazkur Nizomga ko‘ra xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.

Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga shunday kasb va lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116-moddasida xodimning roziligi bilan unga ish kunining (smenaning) belgilangan davomiyligi mobaynida xuddi o‘sha ish beruvchida qo‘shimcha haq evaziga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ish bilan bir qatorda, asosiy ishidagi kabi aynan o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ham qo‘shimcha ishni bajarish topshirilishi mumkin. Kodeksning 259-moddasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanishi belgilangan. Vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi o‘rinbosari zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.

Demak, davlat organi, tashkilot va korxonada vazifa yuklash faqatgina xodimning roziligi asosida amalga oshiriladi hamda xodimga yuklatilgan lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda haq to‘lanishi lozim.

 

Paxtachi tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:                                        B.Qazoqov

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM