Farzandlari xususiy maktab yoki bog'chalarga boradigan ota-onalarga daromad solig'i bo'yicha

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

26.07.2022 yildagi O'RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksining 378-moddasiga o'zgarish kiritilgan.

Kiritilgan o'zgarishga ko'ra, «farzandlariga nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari yoki maktablar ko'rsatadigan ta'limga oid xizmatlar uchun ota-ona va farzandlikka oluvchilar tomonidan har bir farzand uchun to'lanadigan oyiga 3 million so'mgacha bo'lgan to'lovlar» daromad solig'iga tortilmaydigan to'lovlar xisoblanishi belgilangan.

Bu degani, farzandlari yuqorida ko'rsatilgan nodavlat ta'lim tashkilotlariga boradigan ota-onalar tomonidan har bir farzandining o'qishi uchun xar bir oyda 3 mln so'mgacha pul to'lansa, ular to'lagan o'sha 3 mln so'mgacha bo'lgan to'lovlari daromad solig'idan ozod qilinadi.

Misol uchun, 3 nafar farzandi shunday ta'lim tashkilotlariga boradigan ota-onalar  farzandlarining o'qishi uchun bir oyda 9 mln so'm pul to'lasa o'sha to'langan 9 mln so'mdan daromad solig'i (12%) olinmaydi. Yana bir holat shuki, bu normada 3 mln so'mgacha deyilmoqda. Bu degani aynan 3 mln so'm bo'lishi kerak degani emas. Undan kamroq to'lansa xam bu imtiyozdan foydalanish mumkin faqat to'lovning maksimal miqdori 3 mln so'm.

Ushbu norma 2022 yilning 1 aprelidan boshlab yuzaga kelgan munosabatlarga tadbiq etiladi.

Ya'ni, manashu sanadan boshlab bu qoida amalda ishlashni boshlagan.

 

Paxtachi tuman YXKM bosh yuriskonsulti B.Qazoqov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM