Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga (ip.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

 Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

- tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi;

- talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;

- belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar yoki xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

 Agar talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

 

 Shuningdek, talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

 

Paxtachi tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Raxmatullayev

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM