Brifing: Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taminlash, zamonaviy yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amadga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu-alaykum hurmatli ham yurtlar, tumandoshlar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari. Bugungi birifingimizning mavzusi Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taminlash, zamonaviy yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amadga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish» dasturi doirasida “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-159-sonli qarorini ijrosini ta’minlash to‘g‘risida “Samarqand suvta’minoti” MChJ Paxtachi tuman filiali rahbari S.Xoliqovning

HISOBOTI

 Ta’minoti bo‘yicha:

 Ichimlik suv ta’minoti: 2023-yil 1-oktyabr holatiga markazlashgan ta’minlanish darajasi 87,9 % ya’ni 154,6 ming.nafar aholining 135 ming.nafardan ortig‘i toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, bo‘lib qolgan aholi ichimlik suvni alternativ  (kachalka, quduq, buloq, soy va tashib keltiriladi) manbalardan iste’mol qilib keladi.

Oqava suv xizmati bo‘yicha joriy yil boshida ta’minlanish darajasi 2,18 foizi, bugungi kunga kelib 2,45 % yani 154,6 ming.nafar aholining 3,7 ming.nafardan ortiq aholi oqova xizmati bilan ta’minlangan.

Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha

1.2023 yilda barcha manbalar xisobidan

Jami 16,40 mlrd.so’m mablag‘ ajratilib, jami bo‘lib 119 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurildi hamda 1 dona ichimlik inshootlari qurib foydalanishga topshirildi.

a). Yil boshidan korxona tomonidan amalga oshirilgan ishlar.

3,1 km suv tarmog‘i tortildi, Natijada 682 nafardan ortiq aholini ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

b). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi PQ-408 sonli qarori asosida tumanning 11 ta  MFY xududida 42.3 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi

2. Samarqand viloyati ichimlik suv tizimi bo‘yicha 2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha:

Jami 2,8 km shundan 1,6 km mukammal va 1,2 km joriy ta’mirlash hamda 1 ta nasoslarni mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari 100 % ga bajarildi.

Natija aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 81.2 foizdan 87.9 foizga, ya’ni 6.2 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlandi, 3.8 ming nafar aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

2023-2024 yil kuz-qish mavsumida suv obektlarini barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy tamirlash bo‘yicha “Samarqand suv ta’minot” MChJ Paxtachi tuman filiali tomonidan aholini kuz qish mavsumida toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash uchun rejaga asosan 3 dona (100%) nasos mukammal tamirlandi, 3 dona (100%)  nasos joriy tamirlandi, 500 metr (100%) polietilen quvurlar mukammal tamirlandi, 1000 metr (100%)  polietilen quvurlarida joriy tamirlash bajarildi. 3 dona (100%)  zadvejka mukammal tamirdan chiqarilib, reja 100% ga bajarildi.

Amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha

2024 yilgi REJALAR

19.7 mlrd.so’m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar xisobidan 82.7 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurish va rekonstruksiya qilish rejaga kiritilgan.

Natija aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 87.9 foizdan 95.3 foizga, ya’ni 5.7 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 4.8 ming nafar aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

Oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasi 2.45 foizdan 4.2 foizga oshirilishiga erishiladi.

Tumanimiz hududidagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari, hamda ichki xo‘jaliklararo yo‘llarini asfalt qoplama va tosh-shag‘al bilan ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida suhbatimizni davom ettiramiz.

Paxtachi tumani bo‘yicha avtomobil yo‘llarining jami umumiy uzunligi 922 km.ni tashkil etadi. Shundan:                                                          

Xalqaro ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 30 km.          Davlat ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 61 km.      Mahalliy ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 132 km.         Ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari 699 km.ni tashkil etadi.

          Joriy 2023 yil davomida va bugungi kunga qadar tumanimiz aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, yo‘llarda yo‘l transport hodisalarini oldini olish va piyodalar harakat xavfsizligini tamirlash maqsadida 41.1 km yo‘l qayta ta’mirlandi. Bundan tashqari hashar yo‘li bilan 32 km ichki yo‘llarga tosh-shag‘al tashlanib ta’mirlandi.

 Jumladan: Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida jami 6,5 km Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida 5 km oralik va, Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida 1,5 km oralik kismida joriy tamirlash ishlari bajarildi.

Tuman ichki yo‘llarida bir kancha dasturlar orkali jami 34,6 km, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 4,2 km “Mening yo‘lim” loyixasida 4,5 km asfalt qoplama va boshka dasturlar orkali 25 km  asfalt qoplama 0,9 km shag‘al qoplama bilan ta’mirlash ishlari bajarildi .

 Joriy yilning yakuniga kadar “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 6,3 km tuman ichki yullarida asfalt koplama bilan ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.

E’tiboringiz uchun rahmat

M A  L U M O T N O M A

Paxtachi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi Sizga shuni yozib malum qiladiki Paxtachi tumani bo‘yicha avtomobil yo‘llarining jami umumiy uzunligi 922 km.ni tashkil etadi. Shundan:                                                          

Xalqaro ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 30 km.          Davlat ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 61 km.      Mahalliy ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 132 km.         Ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari 699 km.ni tashkil etadi.

 

Paxtachi TYFUK direktori:                                  N.Eshonqulov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM