“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” aholi muammolarini bartaraf etilishdagi muhim qadam

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli xamda Xalq deputatlari tuman kengashining 2021 yil 05-maydagi “Budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yunaltirish tartibi to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilingan.

          Hammamizga maʼlumki, 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi belgilangan.

         Shunga asosan  2023-yilda “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun shahar hokimligi qoshidagi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga 10 mlrd. 112 mln.  soʻm miqdorida mablagʻ rejalashtirilib, shundan 50 foizi yaʼni 5 mlrd. 056 mln. soʻm mablagʻ 1-chorakda fuqarolar tashabbus jamgʻarmasiga oʻtkazib berildi. Bundan tashqari 2023-yil 1-yanvarm holatiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 30 foiz miqdorda, yaʼni 997 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. 2023-yilning 1-yanvarm holatiga jamgʻarmaning hisob raqamidagi qoldiq 1192  mln. soʻmni tashkil qilgan. Natijada 1 yarim yillikda jamgʻarmada jami boʻlib 7 mlrd. 245 mln. soʻm mablagʻ shakllantirilgan.

Tumanda 2023 yil 1-mavsum uchun “Tashabbusli budjet” jamg‘armasiga 7 245,0 mln so‘m mablag‘ yunaltirildi.

Qabul qilingan qaror hamda Nizomga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirishning yangi tartibi joriy etilganligini inobatga olib, shuningdek Davlat budjeti ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni fuqarolarga sifatli tarzda yoritib borilishini ta’minlash maqsadida “Ochiq budjet” axborot portalining birinchi bosqichi joriy yil 02 fevraldan 26 fevralga qadar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 195 ta takliflar bildirildi.

Ushbu takliflar ishchi komissiya a’zolari tomonidan tadbirlarni so‘mmalariga aniqlik kiritilib xulosalar taqdim etildi va 26 fevral kunidan 18 martgacha modernizatsiya jarayonidan 53 ta taklif belgilangan mezonlarga muvofiq deb qabul qilindi.

18 martdan 07 aprelga qadar 53 ta taklif uchun ovoz berish bosqichida eng kup ovoz yig‘ilgan takliflar portal tomonidan avtomatik tarzda 10 ta g‘oliblar aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vaziri oʻrinbosari A.Karimovning Tuman hokimiga yozgan 10-apreldagi №11/7-04906 sonli xatiga asosan Id raqamlari 00129626008, 00129584008 boʻlgan atraksion qurish bilan bogʻliq 2 ta takliflarni gʻoliblar roʻyxatidan chiqarilishi shuningdek ushbu loyixalar uchun ajratilishi nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida toʻplangan ovozlar soni boʻyicha yuqori koʻrsatkichni egallagan keyingi loyihalarni moliyalashtirish chorasini koʻrish tavsiya etilgan.

           Paxtachi tumani Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb saytidan avtomatik tarzda aniqlangan gʻoliblardan 2 ta atraksion qurish boʻlgan takliflar oʻrniga keyingi ko‘p ovoz olgan loyihalarga “Tashabbusli budjet” jamgʻarmasining 7 240,0 mln so‘m mablag‘larni  moliyalashtirilgan

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM