Matbuot anjumani:Hudud aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan qamrab olingan:sohadagi muammo va kamchiliklar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand "Suvta’minot" MCHJ Paxtachi tuman filiali shuni yozib ma’lum qiladiki, bugungi kunda tuman aholisini 76,5% aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 23,5% 39626 ta aholiga Samarkand "Suvta’minot" MCHJ Paxtachi tuman filialiga qarashli maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

2022 yil tuman aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida "Obod qishloq" davlat dasturi asosida 38.5 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 2 dona suv inshooti rekonstruksiya qilindi. Ushbu ishlar natijasida 400 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilanib, 460 ta xonadon ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi.Mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan tumanning Toma, Gulshan MFY lar hududida 3.1 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

"Samarqand suv ta’minoti" MCHJ mablag'lari hisobidan hamda aholi xashar yo'li orqali tumanning Qirguli, Oqtepa, Nurafshon, M.Salimiy, Toma 3.5 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Tuman hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 635-sonli qaroriga asosan, tumanning Dabusiya MFY hududida 1 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Shamsnazar MFY hududida mavjud D-160 Mm ichimlik suv tarmog‘i 2 km qismi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.

Tinchlik MFY hududida 12 km. Tug'olon MFY hududida 3 km ichimlik suv tarmog'i qurilish ishlari jarayonda ekanligini bildiramiz. 2023 yil tuman aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maksadida Davlat dasturi asosida tumanning M.Olim, Xudoyberdi, Hunarmand, Sardoba, Ko'rpa, Quvondiq MFY lar hududiga 12.5 mlrd mablag'lar hisobiga 65 km ichimlik suv tarmoqlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar olib borilmoqda.

Tuman hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qaroriga asosan, tumanning Burqut, Yobu, M.Nodim, Ukrash, Bog'oloni, Qaynarbuloq, Chorgusha, X.Elbegi, Suluvqo‘rg‘on, M.Salimiy va M.Ulugbek MFY hududida 42.3 km ichimlik suv tarmoqlari qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar jarayondaligini ma’lum qilamiz.

Tumanda jami 2022-2023 yillar mobaynida 28.5 mlrd mablag' hisobiga 170 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib, 2 dona suv inshooti rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo'lib Ushbu ishlar yakuni bilan tuman aholisining ichimlik suv ta’minoti 75.6% dan 84.3% ga yetadi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM