Sektor rahbarlari mehnati e’tirof etildi

Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab oʻgʻlonlarimiz uchun
chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz shu yoʻlda erishgan eng katta yutug‘imizdir.
Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi Qonuni talablarini amalga oshirishda, safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni samarali tashkil etganligi va yuqori jonbozlik koʻrsatganligi uchun Paxtachi tumani 4 ta sektor rahabarlari Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Polkovnik A.Saidov tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, tuman hokimi o'rinbosarlari V.Hakimov, A.Qo'ldoshev va tashkilotlar rahbarlariga tuman Mudofaa bo'limi boshlig'i A.Nasullayev okrug qo'mondoni minnatdorchiligini yetkazdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM