Matbuot anjumani: Xalq deputatlari tuman Kengashining hududlardagi muammolarni . . .

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Xalq deputatlari tuman Kengashining hududlardagi muammolarni hal qilishdagi asosiy bugʻunga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida

2021-yil yanvar oyidan boshlab Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashida “Mahalliy Davlat hokimligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan kotibiyat tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshlagan edi. Kotibiyat ish faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlariga, mahalliy Kengashning qarorlari va oʻz Nizomiga amal qilgan holda olib bormoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati deputatlr bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va parlamenti tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni ijro organlaridan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. 2022 yil davomida deputatlar tomonidan oʻzining saylangan hududida saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, bildirilgan muammolarni hal etish uchun ijro etuvchi organlarga 56 ta deputat soʻrovi yuborilgan. Kengashda mavjud 8 ta doimiy komissiyalar ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida haftaning bir kuni doimiy komissiyaning kuni etib belgilangan.

2022 yil 1-yanvardan bugungi kunga qadan jami deputatlar tomonidan 56 ta deputat soʻrovlari chikarilgan.

Shundan, 4 oyi davomida jami 56 ta deputat soʻrovi chiqarilgan boʻlib, 7 tasiga ijobiy xal etilgan, 17 tasi tushuntirish ishlari olib borilgan, 32 tasi dasturga kiritilgan.

- yanvar oyida 8 ta deputat soʻrovi chiqarilgan boʻlib, 4 tasiga tushuntirish ishlari olib borilgan,  4 tasi dasturga kiritilgan.

- fevral oyida 23 ta deputat soʻrovi chiqarilgan boʻlib, 4 tasiga ijobiy xal etilgan, 7 tasi tushuntirish ishlari olib borilgan, 12 tasi dasturga kiritilgan.

- mart oyida 8 ta deputat soʻrovi chiqarilgan boʻlib, 1 tasiga ijobiy xal etilgan, 5 tasi tushuntirish ishlari olib borilgan, 2 tasi dasturga kiritilgan.

- aprel oyida 17 ta deputat soʻrovi chiqarilgan boʻlib, 2 tasiga ijobiy xal etilgan, 1 tasi tushuntirish ishlari olib borilgan, 14 tasi dasturga kiritilgan.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir eng dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Muhokamalar natijasiga koʻra muammo va dolzarb masalalarni tuman kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritishi orqali qonuniy hal etish choralari koʻrilmoqda. Kotibiyat tomonidan tuman Kengashi deputatlariga ularning faoliyatini amalga oshirishda amaliy jihatdan yordam berib ularning muvofiqlashtirib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 moddasida koʻrsatib oʻtilgan quyidagi normalarni keltirib oʻtsam. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar.

2022-yil 1-yanvardan bugungi kungacha jami 11 ta sessiya oʻtkazilgan boʻlib, ularda 83 ta masalalar koʻrib chiqilgan boʻlib, shundan 54 ta tashkilot, korxona, muassasa va hokim oʻrinbosarlarining hisobotlari, 7 ta axborot, 22 ta boshqa masalalar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-sonli Farmonida belgilangan milliy telekanallar yoki internet tarmogʻi orqali jonli eferga uzatilishini taʼminlash boʻyicha ham xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengash tomonidan oʻtkazilgan sessiyalar toʻliq internet tarmogʻi orqali jonli eferga uzatilib borilmoqda.

Deputat mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qoʻyiladigan masalalar toʻgʻrisida xabar olgach, kun tartibidagi masalalarni oʻz saylovchilari, uning nomzodini koʻrsatgan siyosiy partiya bilan muhokama kiladi, bu esa deputatga muhokamaga qoʻyilayotgan masalani har tomonlama tahlil kilishga, oʻz nuqtai nazarini toʻgʻri belgilab olishga, asoslantirilgan taklif va eʼtirozlar bildirishga imkon beradi, dyeputat mahalliy Kengash sessiyasida hisobot berganda hududni ijtimoiy- ixtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ularning turmush darajasini yaxshilash masalalarini koʻtarishi, ijro hokimiyati faoliyatidagi kamchiliklarga xolislik bilan baho berib oʻtdilar.

Mahalliy Kengash Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofik tegishli hudud aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat boʻlgan mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organidir va mahalliy Kengashning normativ huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon kilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Mahalliy Kengash oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar tegishli hududda joylashgan barcha korxona, tashkilot, muassasalar, mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM