Boshoqli don kushandasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Zararli xasva – soʻruvchi hashorat boʻlib, gʻalla poyalari, boshogʻi, shiralarini soʻrishi natijasida ekinlarning ayrim poyalarini nobud qiladi. Poya zararlanishi oqibatida hosil ancha kamayib ketadi. Xasva kuchli zararlagan maydonlarda hosildorlik 50 foizgacha kamayib ketadi.

Zararli xasvaning boʻyi 10-12 mm, tanasining rangi sariq yoki sariq kulrang, sirtlarida oqish dogʻcha bor (koʻrinishi sasiq qoʻngʻizga oʻxshash). Xasva voyaga yetgan holda, asosan toshlar yoki oʻsimliklar hamda ularning qoldiqlari ostida qishlaydi. Mart-aprel oylarida qishlov joylaridan chiqib gʻalla maydonlariga uchib oʻtadi. Oʻsimliklarning xasva bilan zararlangan joyida oqish dogʻ hosil boʻladi. Bitta oʻrgʻochi xasva oʻrtacha 100-180 ta, hatto 300 tagacha tuxum qoʻyadi.  Xasva voyaga yetgan va lichinkalik davrida oʻsimlikning barg, poya va boshoqlari shiralarini soʻrib zararlaydi. Zararlangan don toʻliq yetilmay, puch boʻlib qoladi va kleykavinasi kamayib ketadi. U yiliga 1-marta avlod beradi. Gʻalla ekinlariga zararli xasvadan tashqari nayza boshli va togʻ xasvalari ham birmuncha jiddiy zarar yetkazadi.

     Mazkur zararkunanda aniqlangan maydonlarda, agar 1 m2 da oʻrtacha yetuk qandala 2 dona  yoki  yangi  tuxumdan chiqqan lichinkalari 1 m2 da oʻrtacha 7-8  donadan oshsa kimyoviy ishlov oʻtkazish zarur boʻladi.

 

Sh.Ramozonov, F.Parmonov, D.Xayitov.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman boʻlimi agronom entomoliglari

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM