Tashqi reklamalar qonun talablariga mosmi?!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun, 2-mart kuni O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bo'yicha tuman hokimligi Ishchi guruhi tomonidan M-37-magistral yo'lining Paxtachi tumanidan o'tuvchi qismida o‘rnatilgan tashqi reklamalarning qonun talablariga mosligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida yuqoridagi Normativ-huquqiy hujjatlar talablariga to'g'ri kelmagan, tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga, reklama qilish uchun tegishli idoralardan ruxsat olmasdan o‘rnatilgan  reklamalar olib tashlandi. 

Shuningdek, Tashqi reklamaning qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

Abduqahhor G'apporov
Paxtachi tumani hokimining maslahatchisi

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM