Paxtachiliklar, mukofotlar muborak bo’lsin!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mustaqillik bayrami arafasida yurtimizning bir qator soha vakillari muhtaram Prezidentimiz tomonidan turli xildagi orden va medallar bilan taqdirlanishdi. Ular orasida o’z tumandoshlarimiz nomlarini ko’rish barchamizga faxr baxsh etmoqda.

Ular quyidagilar:

Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi “G’allakor” fermer xo’jaligi boshlig’i, Narxol Qurbonova davlatimizning yuksak “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati, Narpay va Paxtachi tumanlaridan saylangan Pardayev Azamat Kenjaboyevich davlatimizning “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Ichki ishlar bo’limi boshlig’i, podpolkovnik Sanaqulov Botirali Yusupovich Ichki ishlar vazirligi tomonidan “A’lo xizmatlari uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu taqdirlangan tumandoshlarimizni yana bir bor tabriklab, mehnat faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM