O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 apreldagi 14-14/1771-sonli majlis bayonnomasiga asosan 2019 yilning may oyi “Sport oyligi” deb e’lon qilindi.
“Sport oyligi” davomida maktabgacha va umumta’lim muassasalarida, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida va oliy ta’lim muassalarida kunlik sport tadbirlarini tashkil etish yuzasidan alohida shtablar tashkil etiladi.
Shuningdek, boshqarmalar, tashkilotlar, korxonalar va ta’lim muassasalarida taniqli sportchilar ishtirokida “Master klass” va “Sport sog’liq garovi” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etilib, aholi o’rtasida keng targ’ibot ishlari amalga oshiriladi.
“Sport oyligi” davomida namuna ko’rsatgan “Eng yaxshi tuman”, “Eng yaxshi muassasa”, “Eng yaxshi sport klubi”, “Eng yaxshi sport jamoasi” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar aniqlanib, viloyat hokimligining diplomlari va sovg’alari bilan taqdirlanadi.