Bugun 12-sentabr kuni tumandagi 20-maktabda profilaktika kuni munosabati bilan “Bo’ston” MFY tuman IIB profilaktika inspektori S.Jabborov, “Bo’ston” MFY jamoatchilik posboni A.Turdiyev, maktabning MMIBDO’ N.Irdanova, Yoshlar ittifoqi yetakchisi N.Nazarova va erkak pedagog xodimlar ishtirokida o’g’il bolalar yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda o’quvchilar davomati, tartib intizomi, mobil telefondan to’g’ri foydalanish, voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.