O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida paxtachilik 105 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berilgan edi.
Bugun talabalikka qabul qilinganlarning quvonchi cheksiz. Sababi, ularning hayotida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.
– Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imtiyoz asosida oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldim, – deydi Mahoratoy Eshmurodova.
– Men 4 foizlik qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida Navoiy Davlat Pedagogika Institutiningning xorijiy tillar yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Judayam xursandman. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarga berilayotgan e’tibor natijasida orzuim ushaldi.