Tumanimizdan 16 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida talaba bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida paxtachilik 105 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berilgan edi.
Bugun talabalikka qabul qilinganlarning quvonchi cheksiz. Sababi, ularning hayotida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.

– Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imtiyoz asosida oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldim, – deydi Mahoratoy Eshmurodova.
 
– Men 4 foizlik qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida Navoiy Davlat Pedagogika   Institutiningning xorijiy tillar yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Judayam xursandman. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarga berilayotgan e’tibor natijasida orzuim ushaldi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM