Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

  2023-yilning 24-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 22-Tadbirkor saylov okrugidan saylangan deputat Mamarasulov Umidjon Razzaqovich bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 4 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning hisoboti eshitildi. A. Haqnazarov o‘z hisobotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019 yil 19 fevraldagi PQ-4197-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash hamda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’yektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilinishi yuzasidan 2023 yilda bir qancha ishlar amalga oshirilganligini ma’lum qildi. Jumaladan Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar 2023 yilda jami 11194 ta murojaatlar kelib tushgan (bu ko‘rsatkich 2022 yilning 12 oyida 11897 tani tashkil etgan) ya’ni 703 taga kamayganligini ta’kidladi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala tuman prokuraturasining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida tuman prokurori, adliya maslahatchisi J.Xolmurodovning axboroti eshitildi. J. Xolmurodov o‘z axborotida yurtboshimizning ko‘rsatmalariga muvofiq, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi, sog‘ligi va mavjud muammolarini hal etib borish dolzarb vazifalar sifatida belgilab berilganligi, o‘z navbatida muammolarni hal qilinishi nafaqat aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining ijobiy tomonga hal etilishi balki hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga xam xizmat qilishi barchaga ayonligini ta’kidladi.

Kun tartibidagi uchinchi masala tumanda 2023-yil davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, ularning profilaktik holati yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik V.Axmedovning hisoboti eshitildi. V. Axmedov o‘z hisobotida o’tgan 2023 yilning 12 oyi davomida, Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul sub’ekt tashkilotlar bilan birgalikda Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabr kunidagi PF-27-sonli farmoni talablari doirasida bir qator umumprofilaktik tadbirlar amalga oshirilganligi va amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2023 yil 12 oy yakuni bo‘yicha,--viloyatda jami jinoyatlar–116 taga yoki 1.5 foizga (7727/7843) oshgan.

Jinoyatchilik holati bo‘yicha 2023 yil yakuni bo‘yicha viloyatda Paxtachi tumani- eng yaxshi 14 talikdagi, kreminogen vaziyati barqaror, “yashil hudud” deb baholanganligini ma’lum qildi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yerga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oʻrganish boʻyicha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i F.Razzoqovning taklifi taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM