Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

         2023-yilning 28-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 13-Mirzo Salimiy saylov okrugidan saylangan deputat Bobonazarova Gulchexra Usmonovna bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 8 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala tuman hokimining birinchi oʻrinbosari                                U.Arnaqulovning “Temir daftar” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning hisoboti eshitildi. I. Juraqulova o‘z hisobotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martda “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari to‘g‘risida nizomning 3-bob, 7 va 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida xalq Deputatlari Paxtachi tuman Kengashining 2023-yil 10-martdagi VI-82-29-7-102-K/23-sonli qarori bilan 4-bosqich “Ayollar daftari”ga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4155 nafar xotin-qizlarni kiritilib va yoʻl xaritasi tasdiqlangan boʻlib, 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoyi  yordamga muhtoj boquvchisi bo’lmagan 1412 nafar xotin-qizlarga 270 000 so‘mdan jami 381 240 000 so’m, 59 nafariga 750 000 so’mdan jami 44 250 000 pul mablag’lari ajratilganligi va suningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarxotin-qizlar" toifasidan bo‘lgan Chorgo’sha MFYda yashovchi Xushbaqova Go’zal Xolmuratovnaga 3 736 315 so’m va boquvchisi bo’lmagan xotin-qizlar toifasidan bo‘lgan Do’ng MFYda yashovchi Muhammadiyeva Aziza Nuraliyevnaga 3 206 306 so’m jami 6 942 621 so’m pul mablag’lari to’lov shartnoma asosida kontrakt uchun o’kazib berilganligini ma’lum qildi.

Kun tartibidagi turtinchi masala tumanda “Ayollar daftari”da turgan 4155 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala Paxtachi tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b.      S.Boyqabilovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining “Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 14-dekabrdagi Qarorining ijrosi toʻgʻrisida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi partiya guruhining raisi I. Sanayevning hisoboti eshitildi.                                    I. Sanayev o‘z hisobotida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining 2022-yil 14-dekabrdagi 76-sessiyasida “Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ko‘rilgan Qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi O‘z. XDP partiya guruhi tashabbusi bilan deputatlar va faollardan tarkib topgan maxsus guruh tomonidan bu borada targ‘ibot, tashviqot hamda tushuntirish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Kun tartibidagi yettinchi masala 2023-yil 9 oyi davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Shermatovning hisoboti eshitildi. A. Shermatov o‘z hisobotida Paxtachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markazi Ziyovuddin shaharchasi va 6 ta shaharcha tipidagi (Urg'ich, Xumor, Suluv, Saroy, Sultonobod va Gulshan) hududlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotganligi,  shundan jami supurilib tozalanadigan maydon 187.1 ming kv.m bo'lib, shu jumladan yashil qoplamali maydon 46.6 ming kv.m, xiyobon, yulaklar, markaz ko'chalari, latoklar, yer osti yullari va boshqa supuriladigan maydonlar 140.5 ming kv.m ni tashkil qilishini ma’lum qildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala tumandagi 8 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida tuman Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boʻlimi boshligʻi I.Tashpulatovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM