Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

  2023-yilning 9- dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 3 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 14-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Mansurov Ilhom Komilovich bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 6 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala tumanda 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala тumandagi 23 ta fermer xo‘jaliklari faoliyatini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Absanovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi turtinchi masala Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2023-yil 28-apreldagi “Paxtachi tumani mahalliy budjetining 2023-yil 1 chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortigʻi bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlardan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida”gi VI-86-53-102-K/23-sonli Qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshlig‘i S.Boyqobilovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala Paxtachi tumani mahalliy budjetining 2023-yil budjet parametrlari doirasida tasdiqlangan daromadlar prognoz rejasi hamda tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.Boyqabilovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i O.Muminovning hisoboti eshitildi. O.Muminov o‘z hisobotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi 654 soni qarori hamda 2023 yil 10 noyabrdagi 596-sonli “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborat tizimi orqali kam taminlangan oilalarni aniqlash ularga ijtimoiy nafalara tayinlash bo’yicha eliktron shakilda ariza berishni joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi qaroriga asosan Paxtachi tuman budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limi tamonidan ushbu nizom asosida kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanib  va to‘lanib kelinayotganligini va bundan tashqari tuman xokimi, sektor raxbarlari, Bandlikka kumaklashish markazi, tuman soliq inspeksiyasi, tuman Kadastr bo’limi va boshqa tashkilotlar ishtirokida har-bir sektorda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam nafaqasi tayinlanishi yuzasidan sayor uchrashuvlar utkazilib, ularning murojaatlari tegishli tashkilotlar tamonidan urganib chiqilayotganligini ma’lum qildi.

 

 

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM