Olis hudud aholisi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan bugun 19-dekabr kuni Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli olis hududda hisoblangan, viloyat markazidan 195 km., tuman markazidan 35 km. uzoqlikda joylashgan “Qarnab” oilaviy shifokorlik punktida Samarqand davlat tibbiyot unversiteti hamda viloyat tibbiyot markazlarining jami 20 nafar mutaxassislari ishtirokida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda xirurg, travmatolog, akusher-ginekolog, nevropatolog, terapevt, okulist, ftiziatr, stomatolog, pediatr, kardiolog, LOR, urolog va boshqa soha mutaxassislari faol ishtirok etib, aholini maqsadli ko‘riklarini amalga oshirib, aholini uzog‘i yaqin qilindi.

Tibbiy ko‘rikda oftalmologiya va UTT mobil brigadasi, portativ flyuorografiya, EKG hamda laboratoriya tekshiruvlari tashkil qilindi.

Tibbiy ko‘rikga 0-5 yoshgacha bolalar, homiladorlar, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar jalb etilib jami 485 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi. Ko‘riklar natijasida aniqlangan kasalliklarni tuman sharoitida davolash uchun 39 nafariga, viloyat markazlarida davolanish uchun 12 nafariga yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari 42 nafar bemorlarga oilaviy shifokorlik punkti tomonidan kafolatlangan paket doirasida dori-darmonlar berildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM