Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson yettinchi  sessiyasi boʻlib oʻtdi

2023-yilning 24-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 15-Hayit Elbegi saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayeva Surayyo Gaybullayevna bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 10 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala tuman prokuraturasining 2023-yil 9 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida tuman prokurori J.Xolmurodovning yurtboshimizning ko‘rsatmalariga muvofiq, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi, sog‘ligi va mavjud muammolarini hal etib borish dolzarb vazifalar sifatida belgilab berilganligi va o‘z navbatida muammolarni hal qilinishi nafaqat aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining ijobiy tomonga hal etilishi balki hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga xam xizmat qilishi barchaga ayonligini ta’kidlab, tuman prokuraturasining faoliyati qonuniylik va ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar ijrosini samarali ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniq tahlillar asosida o‘rganib, ularni bartaraf etishga qaratilganligi va kam ta’minlangan oilalarning aniq hisobi yuritilib, ular tadbirkorlikka keng jalb etilib, haqiqiy ehtiyojmand oilalarga ya’ni 2023-yil “Temir daftar”ga olingan 224 ta oilalardan 171 tasiga yoki 76.3 foiziga tegishli yordamlar ko‘rsatilib, daftardan chiqarilgan. Bu davrda oilalarning mehnatga layoqatli 105 nafar a’zolarini ishga joylashtirib, 225 mln. so‘mlik moddiy va boshqa beg‘araz ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatilganligi yuzasidan eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Muzaffarovning tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018-yildagi PQ-3666-sonli qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9 oyligi davomida bir qator ishlar amalga oshirilganligini ma’lum qilib, jumladan, mazkur davr mobaynida bo‘limga jami 125 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 90 tasi qanoatlantirilgan,  33 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilganligi va Adliya bo‘limi tomonidan jami 12 ta o‘rganish va 32 ta monitoringlarni o‘tkazilishi natijasida 12254 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanganligi va o‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar natijasi bilan, jami 40 ta taqdimnomalar hamda 55 ta ogohnomalar tumanning turli idoralariga kiritilgan bo‘lib, shu idoralarning 18 nafar xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid ravishda qabul qilingan 1209 ta hujjat bekor qilingan va qonunga muvofiqlashtirilgan hamda kiritilgan taqdimnomalar bo‘yicha 1,3 mlrd  so‘mlik mablag‘lar fuqarolarga to‘lanishi ta’minlanganligi yuzasidan eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala tuman ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Axmedov Vaxob Oydinovichning tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o’tgan 2023 yilning 9 oyi davomida, Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul sub’ekt tashkilotlar bilan birgalikda Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabr kunidagi PF-27-sonli farmoni talablari doirasida bir qator umumprofilaktik tadbirlar amalga oshirilganlini va amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2023 yil 9 oy yakuni bo‘yicha;

Jinoyatchilik holati bo‘yicha 2023 yil 9 oy yakuni bo‘yicha viloyatda Paxtachi tumani- eng yaxshi 23 talikdagi, kreminogen vaziyati barqaror, “yashil hudud” deb baholandi.

Shu o‘rinda ta’kidlashimiz kerak, 2023-yil 9 oy davomida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlardan;

-Inson o‘limi bilan tugagan yo‘l ulov hodisalari – 33.3 foizga yoki 18 tadan  24 taga oshgan.

Shu bilan birga, jinoyat turlaridan;-

Biroq, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan,

-firibgarlik jinoyati – 4.55 foizga  yoki 1 taga (22 tadan 23 taga); oshgan

-voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar – 75 foizga yoki 3 taga  (4 tadan 7 taga); oshgan.

-yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan  – 24.69 foizga yoki 20 taga (81 tadan 101 taga); oshgan.

-ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar – 33.33 foizga yoki 10 taga
(30 tadan 20 taga) kamayganli yuzasidan hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi turtinchi masala tumanda 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i E.Bazarovning joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida MIB Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan jami 163.1 mlrd. so‘mlik 20172 ta ijro hujjatlari yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilib, jami 88,6 mlrd. so‘mdan ortiq 8915 ta ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinganligi va shundan 4823 ta ijro ishlari bo‘yicha amalda salkam 53,7 mlrd. so‘m mablag‘lar, ya’ni o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,5 barobar ko‘proq mablag‘lar undirilganligi  yuzasidan eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi beshinchi masala yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari A.Quldashovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 92-sonli Qarorida yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilariga 5 ta vazifa 6 ta yo‘nalish belgilab berilgan bo‘lib bugungi kunda ushbu qaror ijrosi tumanimizda doimiy ravishda amalga oshirib kelinayotganligi, jumladan yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasida Paxtachi tumanidagi 59 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyat olib borayotgan mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, muammoli va ishsiz yoshlarni “Yoshlar balansi” platformasiga yil boshidan kiritib kelinayotganligi va yil boshidan 4 ta sektor hududidagi mahallalardan jami bo‘lin “Yoshlar daftariga” 1-sektor 293 nafar yoshlar, 2-sektor 298 nafar yoshlar, 3-sektor 383 nafar yoshlar, 4-sektor 360 nafar,  jami tuman bo‘yicha 1334 nafar yoshlar kiritilib amaliy ko‘mak berilgan holda turli xil muammolari hal etilgan. Hozirgi kunga kelib yoshlar daftaridan 30 turdagi yordamlar orqali, jumladan yoshlarga kredit mablag‘lari ajratish, subsidiya ajratish, to‘lov kontrakt summalarini to‘lashga yordam berish, bir martalik moddiy yordam, davolanish xarajatlarini to‘lashga yordam berish, zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlarini qoplash, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer berib bandligini ta’minlash yo’nalishida amaliy yordamlar berilayotganligi yuzasidan hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala tumandagi 38 ta fermer xo‘jaliklari faoliyatini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Absanovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ettinchi masala tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri v.v.b S.Boyqabilovning taklifi  2023-yil 3-chorak davomida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun to‘lov natijasida shakllangan tuman budjetiga qo‘shimcha manbalar sifatida yo‘naltirilgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri v.v.b S.Boyqabilovning taklifi eshitildi. Taklif muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning hozirgi kunda tumanimizdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 529 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda shundan 127 nafari oliy ma’lumotli, 59 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli va 343 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar hisoblanadi. Bundan tashqari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarimizda jami 229 nafar pedagoglar shundan 37 nafari oliy ma’lumotli,12 nafar tugallanmagan oliy ma’lumotlilar va 180 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar hisoblanishi va o‘tgan o‘quv yilidan faqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sonini ko‘paytirish balki tashkilotlardagi ta’lim-tarbiya sifatini oshirish borasida bir qator keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirilganligini ta’kidlab bunga misol sifatida quyidagilarni ko’rish mumkin, tarbiyachilar, ota-onalar va bolajonlarning faolligini oshirish maqsadida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Ijodkor tarbiyachi”, "Yil tarbiyachisi", “Iste’dodli bolajon” va ”Ertakchi bolajon”, nominasiyalari, hamda “Besh tashabbus - zo‘r imkoniyat”, “Vatan mening nigohimda” mavzularida ko‘rik tanlovlar tashkil etilib o‘tkazib kelinayotganligi  yuzasidan hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi tuqqizinchi masala tumandagi tijorat banklari (ATB “Agrobank”, ATB “Mikrokreditbank”, AT “Xalq banki”) tuman filiali rahbarlarining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

ATB “Agrobank tuman filiali boshqaruvchisi M. Babayev  hisobotida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31-yanvardagi PQ-39 son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”dagi hamda Vazirlar  Maxkamasining 2022 yil 8 iyuldagi 373-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9 oy chorak yakuni bo’yicha  Paxtachi tumani 1 va 4 va 2-sektor xududidagi  762 ta fuqaroga hokim yordamchilarining tavsiyanomasi va dastlabki monitoring dalolatnomalariga asoslangan holda oilkredit.uz electron platformasi orqali bank filliali tomonidan jami  14 529 290.0 mln so’m kredit ajratilib,bugungi kunda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni 77 nafari kredit olish istagini bildirgan bo’lib,tikuchilik, non va non maxsulotlari ishlab chiqarish, qandolatchilik,bog’dorchilik, xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarishva boshqa sohalari uchun 70 nafariga 388 000.0 mln so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratilganligini ma’lum qildi.

      ATB “Mikrokreditbank Ziyovuddin filiali boshqaruvchisi B. Tuxtayev hisobotida O’zbekiston Respublekasi Prezdentining 2021 yil 20-dekabrda PQ-55 sonli va 2023 yil 31-yanvardagi sonli “Oilaviy” tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risidagi qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida joriq yilning 3 oylik yakuni buyicha filial tomonidan 222 ta mijozlarda 5 189 209 038 so’m imtiyozli kreditlar ajratilgan bo’lib shundan Paxtachi tumani 1 va 4 –sektor xududidagi 222 ta mijozga hokim yordamchisining tavsiyanomasi va monitoring dalolatnomalariga asoslangan xolda filial tomonidan jami 5 189 209 038 so’m imtiyozli kredit ajratilgan ushbu kreditlar Tikuvchilik yo’nalishiga 56 ta mijozga 420 530 000 so’m, Issiqxonachilik yo’nalishiga 12 ta fuqaroga 272 385 000 so’m, Mayda shoxli chorvachilik yo’nalishiga 2 ta fuqaroga 66 000 000 so’m, motosikl yo’nalishiga 81 та fuqaroga 2 194 440 000 so’m, Motokultivator yo’nalishiga 6 ta fuqaroga 112 740 000 so’m, parrandachilik yo’nalishiga 1 ta fuqaroga 33 000 000 so’m, eliktir asbob uskunalari yo’nalishiga 6 ta fuqaroga 547 100 000 so’m, ishlab chiqarish va xizmat kursatish yo’nalishiga 8 ta fuqaroga 751 100 000 so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratilgan. Qishloq xujaligi xizmatlar buyicha 50 ta tadbirkorlik subektiga 1 037 060 538 so’m imtiyozli kredit mablag’lar ishlab chiqarish va xizmat kursatish maqsadlariga ajratilganligini ma’lum qildi.

      AT “Xalq banki filiali boshqaruvchisi А.Аrziqulov hisobotida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55 son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"dagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 10 oylik yakuni bo`yicha Paxtachi tumani 1 va 3-sektorlar hududidagi 909 ta fuqoroga xokim yordamchilarining tavsiyanomasi va dastlabki monitoring dalolatnomalariga asoslangan holda bank filiali tomonida jami 15 395 602 123.69 so`m kredit ajratilgan bo`lib, shundan: Issiqxona yo`nalishiga 82 ta fuqoroga 2 417 917 297.09 so`m. Tikuvchilik yo`nalishiga 250 ta fuqoroga 3 816404832.60 so`m. Parrandachilik yo`nalishiga 35 ta fuqoroga 390 406 000 so`m. Texnika-texnalogiya va asbob-uskuna (motoroller, motokultuvator) yo`nalishiga 256 ta fuqoroga 3 841 140 000 so`m. Chorvachilik (tirik qo`y) yo`nalishiga 31 ta fuqoroga 694 662 994 so`m. Asalarichilik yo`nalishiga 41 ta fuqoroga 1 912 795 000 so`m. Tadbirkorlik boshqa yo`nalishlariga  214 ta 2 322 276 000 so`m imtiyozli kredit ajratilganligini ma’lum qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tumandagi tijorat banklari (ATB “Agrobank”, ATB “Mikrokreditbank”, AT “Xalq banki”) tuman filiali rahbarlari tomonidan hisobotlari yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi o‘ninchi masala 2023-yil 9 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori N.Eshonqulovning umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida va tuman ichki yo‘llarida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari rejasi 43, 075 km 13 566 249,828 ming so‘m, amalda 48, 042 km 14 083 529,567 ming so‘mlik, rejaga nisbatan 111% ta’mirlash ishlari bajarilganligi shundan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida reja 24 km -3920940,184 ming so‘m, amalda 29 km -4 805 738,718 ming so‘mlik 121% ta’mirlash ishlari,tuman ichki yo‘llarida joriy ta’mirlash ishlari rejasi jami 10,270 km- 5 587 543,901 ming so‘m, amalda 10,237 km -5 220 025,106 ming so‘mlik 100% joriy ta’mirlash ishlari bajarilganligi yuzasidan hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM