Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

2023-yilning 8-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Қурбонов Жасур Камолович bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 9 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala tumandagi 3 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida, bunda tumanning Istiqbol mahallasida yashovchi fuqaro Xolikulova Risolat, Sardoba mahallasida yashovchi fuqaro Qilichova Shoira Raxmatullayevna, Saroy mahallasida yashovchi fuqaro Djumanova Zulayxa Eshniyazovnalarning oilasi “Temir daftar”ga kiritilishi qo‘llab-quvvatlandi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala “Temir daftar” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar va ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi eshitildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2023-yil 1 va 2-choraklar davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi eshitildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi turtinchi masala Paxtachi tumani Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4197-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash hamda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’yektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilinishi borasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Veb-sayt, Prezident xalq qabulxonasi, Chet eldan murojaat, Prezident pochtasi, Ta’qib xabar, Sayyor qabul, Ishonch telefoni, Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar 2023 yilni 9 oy davomida jami 6857 ta murojaatlar kelib tushgan(bu ko‘rsatkich 2022 yilda 8253 tani tashkil etgan) ya’ni 1396 taga kamayganligi to‘g‘risida hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

 Kun tartibidagi beshinchi masala tumandagi 4 ta bog‘dorchilik ixtisoslashuvidagi fermer xo‘jaliklari faoliyatini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Absanovning taklifi eshitildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i M.Abdinabiyevning 2023-yilning 9 oyi davomida tumanda investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-bosqich asta-sekinlik bilan amalga oshirish va bu jarayonda davlatning boshqa islohatchi vazifasini bajarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishida o`ziga xos turtki bo`lib hisoblanadi. Bu jarayon investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni tartibga solish borasida ko‘plab yangi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhum qarorlar qabul qilishni talab qilayotganligi, songgi bir necha yil ichida O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar uchun turli xil to‘siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatʼiyatlilik ramzlaridan biri sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqdaligini ta’kidlab, yaratilgan sharoit va afzalliklar mahalliy hamda investorlarni tumanimizga bo‘lgan qiziqishi yildan yilga oshib borishiga, ular tomonidan iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning hajmini ko‘payishiga omil bo‘lmoqdaligi va 2023 yilda amalga oshiriliyotgan hududiy investitsiya dasturlar doirasida 584 ta ish orinlari yaratilishi belgilangan edi bugunki kunda amalga oshirilgan investitsiya doirasida sentabr-oktabr holatiga 600 yaqin ish o‘rni yaratildi. Yil yakunigacha yana 19 ta loyiha amalga oshirilib 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Bu esa hududiy investitsiya dasturlar doirasida yil yakuni natijasiga ko‘ra jami 1000 ga yaqin  ish o‘rni yaratilib yillik rejani 122 foizga bajarilishini ta’minlashu to‘g‘risida hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi yettinchi masala savdo-sanoat palatasi Paxtachi tumani bo‘limi rahbari F.Kenjayevning O‘zbekiston |Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi Paxtachi tuman bo‘limi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik faoliyatida ko‘maklashish fuknksiyalarini amalga oshirish yuzasidan  hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning 2023-yilning 9 oyi davomida tuman umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limiga qarashli 47 ta umumiy о‘rta ta’lim maktabi, 42 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (2 ta Davlat xususiy sherikchilik asosida va 176 ta oilaviy bog‘chalar bor), 1 ta Barkamol avlod bolalar ijodiy markazi  faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi, тumandagi 47 ta umumiy о‘rta ta’lim maktablaridagi 26500 nafar о‘quvchi yoshlarga 2231 nafar pedagog xodimlar ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Maktablarda dars berayotgan pedagog xodimlarning 349-nafari oliy toifali, 578-nafari birinchi toifali va 579-nafari ikkinchi toifani tashkil etishi, bugungi kundan 17-nafar о‘qituvchilarimiz Vazir ustamasini olib kelayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari О‘zbekiston Respublika Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni о‘qitish bо‘yicha eng yaxshi maktab” Respublika tanlovining tuman bosqichida 22-umumiy о‘rta ta’lim maktabi jamoasi 1-о‘rinni egallashib 100 mln sо‘m, 6-umumiy о‘rta ta’lim maktabi jamoasi 2-о‘rinni egallashib 75 mln sо‘m , 40-umumiy о‘rta ta’lim maktabi jamoasi 3-о‘rinni egallashib 50 mln sо‘m pul bilan mukofotlanganligi, 2022-2023 о‘quv yilida 1367 nafar bitiruvchilardan 577 nafar (42,2%) respublikadagi davlat OTMlariga garnt va tо‘lov shartnoma asosida talabalikka qabul qilinganligi, 2022-2023 о‘quv yili yakunlari bо‘yicha 84 nafar bitiruvchiga oltin va 7 ta kumush medal berilganligi, 9 nafar bitiruvchi muddatdan oldin OTM talabasi bo‘lganligi, 153 nafar bitiruvchi IELTS sertifikatini qо‘lga kiritib test sinovlarida yuqori ballarni qо‘lga kiritganligi yuzasidan hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi to‘qqizinchi masala tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i E.Bobayevning 2023-yilning 9 oyi davomida tumanda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, aholining internet tarmoqlaridan erkin va tezkorlik bilan foydalanishiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi to‘g‘risida joriy yil davomida tumanda 235 km optik tolali aloqa liniyalari qurish rejasi mavjud bo’lib, joriy yilning boshidan xozirgi kunga 200 km ya’ni Keshtali, Dung, Quvandiq, Bog‘loni, Chorgusha, Shamnazar, Nurafshon, Obodon, Qushxovuz, Burqut, Istiqbol mahallalarining ichki ko’chalariga optik tolali aloqa kabellari tortildi. Xozirgi kunga kelib umumiy kabellarning uzunligi 800 kmga yetkazildi va aholining simli keng polasali tarmoqga ulanish imkoniyati 99% ga bajarilganligi va foydalanuvchi abonentlar soni 2023 yil boshida 4242 ta bo’lib, hozirgi paytda 6000 taga yetganligi yuzasidan hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM