Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida assosiy avtomobil yo‘lining yon atroflari ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5024-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni, ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2915-sonli, «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2916-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 310-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2023 yil 31 maydagi PQ-171-son qarori hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish soxasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidgi 2023 yil 31 maydagi PF-81-son Farmoni tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:

- daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;

- ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos xorijiy manzarali daraxtlarni mahalliylashtirish;

- hududlarda "yashil bog‘lar" va "yashil jamoat parklari"ni barpo etish;

- daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;

- har bir daraxtni parvarish qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash, bu borada rag‘batlantirish mexanizmlarini keng joriy etish;

- daraxtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish kabi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

- 412 ming 500 dona har xil turdagi ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda dolzarb 40 kun  mobaynida 418 ming 100 dona har xil turdagi ko‘chat ekildi va belgilangan reja 101 foizga bajarilgan. 2022 yil bahor mavsumida 687 ming 500 tup har xil turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 797 ming 300 tupdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. «Yashil makon» umummilliy loyixasi doirasida tumanimizga baxor mavsumida 687 ming 500 dona reja belgilangan bo‘lib, tumanimiz shu kunga qadar 797 ming 300 tupdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, reja 116 % ga bajarildi. Shundan, mevali daraxtlar 96010 dona, manzarali va buta daraxtlari 73236 dona, hind sirini 657 dona, vingirya archasi 85 dona, qirim qarag‘ayi 478 dona, uzum 87539 dona, nok 226 dona, yong‘oq 6228 dona, qalamchalar 188312 dona va ko‘plab daraxtlar ekilgan.

Paxtachi tumanida joriy  2023 yil baxor mavsumida  mavsumida 685 ming 650 tup har xil turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 685 ming 650 tupdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib 101.% foizga bajarildi  Shuningdek 2023 yil kuz mavsumida 476 ming tup xar xil turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirildi.Ushbu ekilgan ko‘chatlar tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat bo‘limining «Bioxilmaxillik va tabiiy hududlar muhofazasi» yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan maxsus planshet orqali har bir ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni hatlovdan o‘tkazish bo‘yicha moddiy texnik baza yaratilib, ekilgan ko‘chatlar lakasiyasi olinib maxsus bazaga kiritilib  hamda ekilgan daraxtlar nazorat qilib borilmoqda.

Tuman xududidan o‘tuvchi M-37 avtomagistiral Samarqanda-Buxoro-Turkmanboshi yo‘lining 2 yon tomoniga hamda yo‘lning o‘rtasida joylashgan tasmalarga 40000 dona kan guli ekish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ekilgan gullar va daraxtlarni sug‘orish uchun 17 dona artizan quduqlari qazish ishlari olib borilmoqda va hozirda 12 donasi ishga tushirildi.

Shuningdek tuman Ekologiya inspeksiyasi inspektorlari tomonidan 2023 yil 8 oy mobaynida qullanilgan jarimalar soni jami 226 ta 132 million tashkil etadi ushbu jarimalar barchasi inspektorlar tomonidan undirilib olingan.

2023 yilda Korxona hamda tashkilotlardan kompensasiya tulovlari xisob kitob ishlari olib borilmoqda Jami korxonalar soni 114 tani tashkil qiladi 1-toifa korxonalar 3 ta, 2-toifali korxonalar 30-ta, 3-toifali korxonalar 32-ta, 4-toifali korxonalar 49-tani tashkil qiladi, 2023 yilda reja 729 mln sum  shuningdek  8-oy moboynida reja 444,900 ming sum undirilib 81,4% reja kopmensasiya tulovlar korxona va tashkilotlardan undirildi.

Korxona hamda tashkilotlardan kompensasiya tulovlari xisob kitob ishlari olib borilib undirilib olish choralari kurilmoqda.

Tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tugatilib, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi  inspeksiyasi tashkil etilib, inspeksiya ish faoliyati tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir qonun talablari ijrosi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida  tumanga 4 ta davlat inspektorlari biriktirilgan bo‘lib 4-ta sektorlarga biriktirilgan holda  faoliyat olib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan, Siz hurmatli depututlardan va keng jamaotchiligimizdan, ekilgan daraxtlarni parvarish qilishda, saqlab qolishda va qurib qolishishining oldini olishda bevosita jamoatchilik nazoratini o‘rnatib, targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda;

Ko‘chat ekishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda
2023 yil kuzgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va tashkillashtirishda hamda  uyushqoqlik bilan o‘tkazishda;

Ko‘chat ekish dislokasiyalarini haqqoniyligini ta’minlashda, ko‘chatlarni kerakli joyga ekib, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirishda va muvofiqlashtirishda;

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM