Paxtachi tumanining eng chekka Qarnabota qishlog'ida 33-son Bolalar musiqa va san'at maktabining ochilish marosimi

Paxtachi tumanining eng chekka Qarnabota qishlog'ida 33-son Bolalar musiqa va san'at maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Senati a'zosi Farmon Toshev, Samarqand viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig'i SHahzod Eshonqulov, Paxtachi tumani hokimi Muzaffar Xamdamov, shuningdek, keng jamoatchilik ishtirok etishmoqda.

Ushbu 200 o'rinli san'at maktabi joriy yilda to'liq 1 mlrd. 420 mln. so'm mablag' asosida va yana qo'shimcha 500 mln. evaziga 150 o'rinli konsert zali qurib bitkazildi.

Bolalar ushbu musiqa va san'at maktabida 11 yo'nalishda amaliy, tasviriy san'at, milliy va estrada cholg'u asboblari cholg'u sirlarini o'rganishadi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM