Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson to'rtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

2023-yilning 15- sentabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson to'rtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib                           10-Amirobod saylov okrugidan saylangan deputat Mamatova Lola Yuldashevna bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 5 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq mahalla infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala “Temir daftar” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi eshitildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi turtinchi masala O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-349-IV-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan vazifalarning tumanda ijro etilish holati to‘g‘risida tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i X.Maxsiddinovning hisoboti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala tumanda kommunal xo‘jaligi sohalarining 2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi to‘g‘risida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i S.Qilichevning hisoboti tinglandi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM